Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

O‘z yurtiga sadoqat tuyg‘usi vatanparvarlikning nishonasidir. Jaholat g‘aflatga, loqaydlik beparvolikka yo‘l ochadi. Natijada unda vatan qismatiga daxldorlik tuyg‘usi yo‘qolib, oila qayg‘usi ham asta sekin so‘na boshlaydi. Har xil tahdidlarga beparvo bo‘lmaslik, ularga qarshi ma’rifat va bilim bilan javob bera olish chinakam jasoratdir.

TIQXMMI “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari 2017 yil 15 dekabr kuni o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Odam savdosiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir” mavzucida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘p jihatdan katta ahamiyatga ega.

Tadbirda o‘sha fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev raislik qildi.

Unda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik T.Rixsiev va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo‘limi boshlig‘i v.b. O.Alovov va 70 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev kirish so‘zida, odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish og‘ir jinoyatligini, bu juda ko‘p salbiy oqibatlarga olib kelayotganligini, terrorizm, giyohvandlik, qurol-yarog‘, odam savdosi, missionerlik nayranglari va bunday illatlar keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar bugungi kunda ko‘plab davlatlar va xalqlarni jiddiy tashvish va xavotirlarga solayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, tadbirga taklif etilgan ishtirokchilarga so‘z berishdan oldin fakultet talabalarini mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohozalarini bildirishga va savol javoblarda faol bo‘lishga chaqirdi va so‘z navbatini Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik T.Rixsievga so‘z berildi.

U dastlab O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 apreldagi “Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni va IIVning Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda odam savdosiga qarshi kurashda tezkor xodimlar oldida turgan vazifalar  bilan tanishtirdi hamda olib borilayotgan faoliyatlar mohiyatini tushuntirib o‘tdi. O‘z ma’ruzasida talaba-yoshlarga murojaat qilar ekan, hozirgi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, globallashuvning salbiy oqibatlari keng quloch yozayotganligi, bir tomondan, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar bo‘lsa, ikkinchi tomondan g‘oyaviy tahdidlar-axborot xuruji, “ommaviy madaniyat” kabi yot g‘oyalar yoshlarimiz ongiga qanchalik ta’sir o‘tkazayotganligini ta’kidlab o‘tib, har birimiz doimo ogohlikda o‘zligimizni yo‘qotmagan holda, o‘z yo‘limizdan og‘ishmay harakat qilishimiz, buning uchun yaxshi ta’lim olib, atrofdagilarga yaxshi munosabatda bo‘lish, doim og‘oh bo‘lish, ma’naviy barkamol va yetuk inson bo‘lishimiz lozimligini hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarimizni atrofdagilarga targ‘ibot qilishimiz, loqaydlikka yo‘l qo‘ymasligimiz lozim, deya odam savdosi qurboniga aylangan fuqarolarimizning ayanchli taqdirlari haqida hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo‘limi boshlig‘i v.b. O.Alovov o‘z nutqida talabalarni  yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik, osoyishtalikning qadriga yetishni, bugungi kunda yoshlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, vatanimizning rivojiga katta hissa qo‘shish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.  Hozirgi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida hukm surayotgan qurolli to‘qnashuvlar, urushlar tufayli ko‘plab insonlar jabr chekib, bevaqt vafot etayotgan insonlar va o‘sha muhitda voyaga yetayotgan yoshlar hamda ularning ayanchli ahvollari to‘g‘risida gapirar ekan, hozirda yoshlarimiz orasida osonlik bilan pul topish va yengil – yelpi hayot kechirishni orzu qilib, chet davlatlarga pul ishlagani ketib, odam savdosi qurboniga aylanib ketayotganligini gapirib o‘tdi.

Shuningdek, bir necha statistik raqamlarga murojaat qilib, yoshlarni ogohlikka da’vat etdi. Shu bilan birga odam savdosiga qarshi kurash borasidagi qonunchilikka alohida to‘xtaldi. Mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, odam savdosining xavfli ko‘rinishlariga qarshi kurash haqida bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolangani, odam savdosiga qarshi kurashish, bunday jinoyat qurbonlarini ijtimoiy himoyalash tadbirlari kompleks xarakterga ega ekanligi inobatga olinib, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilganligini va hozirgi kunda komissiya tomonidan odam savdosi holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan bir qator tashkiliy va profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘ylaymizki, bu tadbir talabalarning ongi va dunyoqarashining o‘sishida, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hissining yuksalishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi.

 

Talabalar kengashi sardori Jahongir Saidahmedov axboroti

Institut matbuot kotibi: Rahimboy Jumaniyozov